Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Boku va Yerevan o‘rtasida asirlar almashuvi boshlandi

Boku va Yerevan o‘rtasida asirlar almashuvi boshlandi

Foto: «State Security Service of the Republic of Azerbaijan»

Armaniston va Ozarbayjon o‘rtasida asirlarni almashtirish jarayoni boshlandi. U Rossiya tinchlikparvar kuchlari ishtirokida «hammani hammaga» tamoyili asosida amalga oshirilmoqda, deya xabar berdi «RIA Novosti» rasmiy Boku bayonotiga asoslanib.

Ozarbayjon-Sputnik ma’lumotiga ko‘ra, 14-dekabr kuni tushda Armaniston hududida asirlar va garovga olinganlar maqomida bo‘lgan mamlakat fuqarolari samolyotda Bokuga olib ketilgan.

Ular majburiy karantin qoidalariga amal qilishi kerak, shundan keyin oilalari bilan uchrashishlari mumkin, deb yozadi NEWS.ru.

27-sentyabr kuni Tog‘li Qorabog‘da harbiy harakatlar qaytadan boshlandi. Boku va Yerevan harbiy holatni e’lon qilib, bir-birini tinch aholini o‘qqa tutishda aybladi. Mojaro avj olishi natijasida ikkala tomondan ham harbiylar va tinch aholi qurbon bo‘ldi.

10-noyabr kuni oqshom Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev, Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan va RF prezidenti Vladimir Putin Tog‘li Qorabog‘da o‘t ochishni va harbiy harakatlarni to‘liq to‘xtatish haqida qo‘shma bayonot imzoladi.

Unga ko‘ra, Boku va Yerevan egallab olgan pozitsiyalarida to‘xtaydi, Tog‘li Qorabog‘ hududining bir qismi esa Ozarbayjon nazorati ostiga o‘tadi. 20-noyabrda Agdam, 25-noyabrda Kelbejer, 1-dekabrda esa Lachin hududlari rasman Bokuga o‘tdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring