Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bog‘chada bolani kaltaklash holatini prokuratura o‘rganmoqda

Bog‘chada bolani kaltaklash holatini prokuratura o‘rganmoqda

Kecha ijtimoiy tarmoqlarda ayol kishi bog‘cha tarbiyalanuvchisining qo‘liga urayotgani aks etgan videolavha tarqaldi. Mazkur holat Samarqand viloyati Bulung‘ur tumanidagi 13-maktabgacha ta’lim muassasasida tasvirga olingani aytilgandi.

Bulung‘ur tuman hokimligi axborot xizmati videolavhadagi holat bo‘yicha tuman hokimligi hamda viloyat maktabgacha ta’lim boshqarmasi tomonidan dastlabki o‘rganish olib borilganda tasvirlarga haqiqatdan ham tumandagi 13-bog‘chada bo‘lganini tasdiqladi. Shuningdek, holat 18 yanvar kuni joyida batafsil o‘rganilib, qo‘shimcha ma’lumot berilishi aytildi.

Shuningdek, Samarqand viloyati prokuraturasi axborot xizmati Bulung‘urdagi MTMda sodir bo‘lgan holat yuzasidan tuman prokuraturasi tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borayotganini ma’lum qildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring