Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Chechenistonda tug‘ilgan UFC jangchisi yana g‘alaba qozonib, rekord o‘rnatdi

Chechenistonda tug‘ilgan UFC jangchisi yana g‘alaba qozonib, rekord o‘rnatdi

Foto: «Mmaviking.com»

Shvetsiyalik aralash jang usuli (MMA) kurashchisi Xamzat Chimayev 10 kun ichida ikkinchi g‘alabasini nishonladi va mutlaq jang chempionati (UFC) rekordchisiga aylandi.

Abu-Dabining Yas «jangchilar oroli»da UFC musobaqasi doirasida asli Chechenistonda tug‘ilgan 24 yoshli Xamzat Buyuk Britaniya vakili Riz Makki bilan jang qildi. Chimayev birinchi raundning o‘zidayoq texnik nokaut bilan g‘alaba qozondi.

Shu tariqa u 10 kun ichida promoushen doirasida ikkinchi g‘alabasini hisobiga yozib qo‘yib, UFC rekordini o‘rnatdi. Uning birinchi jangi ham «jangchilar oroli»da bo‘lib o‘tgandi. O‘shanda Chimayev uelslik Jon Fillipsni muddatidan oldin mag‘lubiyatga uchratishga muvaffaq bo‘ldi. Jangdan so‘ng Xamzat Abu-Dabini tark etishdan oldin yana bir jangni o‘tkazishga tayyorligini bildirgandi.

Chimayev Chechenistonda dunyoga kelgan. 16 yoshida oilasi bilan Shvetsiyaga ko‘chib o‘tgan. Uning hisobida o‘nta g‘alaba bor. Biror marta ham mag‘lub bo‘lmagan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring