Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bobonov amaldagi jahon chempionidan revansh oldi

Bobonov amaldagi jahon chempionidan revansh oldi

Olimpiya o‘yinlarining dzyudo musobaqalarida -90 kg vazn toifasida o‘tish bahsi yakuniga yetdi.

Unda hamyurtimiz Davlat Bobonov gruzin millatiga mansub Ispaniya terma jamoasi a’zosi, amaldagi jahon chempioni Nikoloz Sherazadishvilini katta qiyinchilik bilan mag‘lubiyatga uchratdi va bronza medali uchun kurashish imkoniyatini saqlab qoldi.

Endi Bobonov bronza medali uchun turkiyalik Mixail Zgank hamda Germaniya terma jamoasi a’zosi Eduard Trippel o‘rtasidagi bahsda yutqazgan sportchi bilan bellashadi.

Ta’kidlash kerak, so‘nggi Jahon chempionati finalida aynan Sherazadishvili Davlat Bobonovni mag‘lub etgan va oltin medalga sazovor bo‘lgan edi. Bobonov shu tarzda revansh olishga muvaffaq bo‘ldi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring