Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

BMTdan qattiq ogohlantirish: «vaziyat izdan chiqib ketmoqda...»

BMTdan qattiq ogohlantirish: «vaziyat izdan chiqib ketmoqda...»

Foto: Xabar.uz

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antoniu Guterrish global isishga qarshi kurash nazoratdan chiqib ketayotganini ma’lum qildi. 

Bosh kotibga ko‘ra, jahon hamjamiyati asta-sekin falokat tomon ketmoqda, deb yozadi The Guardian.

Norasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 29-iyundan 6-iyulgacha bo‘lgan davrda dunyodagi rekord darajadagi eng issiq harorat kuzatilgan.

Guterrishning aytishicha, jahon hamjamiyati iqlim inqirozi oqibatlarini yumshatish uchun radikal choralar ko‘rishi kerak.

Meteorologlarning xabar berishicha, 2023-yil 3-iyul, dushanba tarixdagi eng issiq kun bo‘ldi – o‘sha kungi butun sayyoradagi o‘rtacha harorat yetti yil oldin o‘rnatilgan rekordni yangiladi.

AQShning «Atrof-muhitni prognozlash milliy markazlari» davlat agentligi olimlari tomonidan e’lon qilinishicha, 3-iyul kuni o‘rtacha global harorat Selsiy bo‘yicha 17,01 darajaga yetdi. 2016-yilning avgustida qayd etilgan avvalgi rekord 16,92 daraja edi.

Olimlarning fikricha, parlanish tufayli umumiy iqlim o‘zgarishi va El-Nino tabiiy hodisasining boshlanishi hozirda yangi harorat rekordlarini o‘rnatishga olib keladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring