Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Blogerlar chempionatining g‘olib va sovrindorlari bilan tanishing (foto + video)

Blogerlar chempionatining g‘olib va sovrindorlari bilan tanishing (foto + video)

Foto: «Xabar.uz»

Shu yilning 12-aprelida start berilgan Blogerlar chempionati yakuniga yetgani haqida xabar bergan edik. Shu yilning 14-iyun — Xalqaro blogerlar kuni «Lotte City» mehmonxonasida Blogerlar chempionatining g‘olib va sovrindorilarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekistonlik yosh internet-foydalanuvchilari orasida professional blog yuritish ko‘nikmalarini yuksaltirish orqali ularning fuqarolik jamiyatidagi faolligini oshirish, o‘zbek tilida blog yurituvchi blogerlarni qo‘llab-quvvatlash hamda rag‘batlantirish, blogerlar tomonidan yozilgan fikrlarni keng jamoatchilikka yetkazishda ko‘mak berish, jamiyatdagi turli muammolarni muhokama qilish va bu orqali jamoatchilik fikrini shakllantirish, o‘zbek blogerlari o‘rtasida ijodiy va do‘stona muhitni shakllantirish, internet tarmog‘ida o‘zbek tilidagi foydali resurslarni boyitish maqsadida tashkil etilgan chempionat katta qiziqish uyg‘otib, qizg‘in muhokamalarga sabab bo‘ldi. 

Uchinchi bor tashkil etilgan Blogerlar chempionatida kimlar g‘olib bo‘lgani, qaysi ishtirokchilar nominatsiyalar bo‘yicha taqdirlangani ko‘pchilikni qiziqtirsa kerak. Qolaversa, mushtariylarga o‘zlari sevib o‘qigan blogpostlarning, miriqib tomosha qilgan video va fotobloglarining mualliflari bilan tanishish qiziq bo‘lsa kerak. Demak, g‘olib va sovrindorlar bilan tanishing!


1-o‘rin: Shahnoza To‘raxo‘jayeva

Finaldagi ishi: «Bizga turli ittifoqlar kerak»

Shahnoza To‘raxo‘jayeva — 2018 yilgi Blogerlar chempionati g‘olibi.
Foto: «Xabar.uz»
Shahnoza To‘raxo‘jayeva — 2018 yilgi Blogerlar chempionati g‘olibi.
Foto: «Xabar.uz»

2-o‘rin: Xushnudbek Xudoyberdiyev

Finaldagi ishi: «Mehnatning tagi mehnat. Rohat qachon?»

Xushnudbek Xudoyberdiyev
Foto: «Xabar.uz»
Xushnudbek Xudoyberdiyev
Foto: «Xabar.uz»

2-o‘rin: Muzaffar Qosimov

Finaldagi ishi: «Ortda qolib bo‘lmaydigan poyga»

Muzaffar Qosimov
Foto: «Xabar.uz»

3-o‘rin: Muslim Mirzajonov

Finaldagi ishi: «Mitti “jangchilar”...»

Muslim Mirzajonov
Foto: «Xabar.uz»

3-o‘rin: Isroil Tillaboyev

Finaldagi ishi: «Ilm skautlari»

Innovatsiya vaziri o‘rinbosari Sherzod Shermatov 3-o‘rin sohibi Isroil Tillaboyevni taqdirlamoqda.
Foto: «Xabar.uz»

3-o‘rin: Javohir Izzatullayev

Finaldagi ishi: «Sen unda zor, men bunda zor: ilm-fan va sanoat o‘rtasidagi jarlik»

Sherzod G‘ulomov 3-o‘rin sohibiga mukofotni topshirmoqda.
Foto: «Xabar.uz»
Blogerlar chempionatida 3-o‘rinni egallagan Javohir Izzatullayev ayni paytda Koreya Respublikasida tahsil olayotgani sababli mukofotni blogerning otasi qabul qilib oldi.
Foto: «Xabar.uz»

3-o‘rin: Feruza Sattorova

Finaldagi ishi: «Maktab ixtirochilarni yetishtirib chiqaryaptimi yoki maqsadsiz yoshlarni?»

Blogerlar chempionatida 3-o‘rinni egallagan Feruza Sattorova ayni paytda AQShda ekani sababli mukofotni blogerning singlisi qabul qilib oldi.
Foto: «Xabar.uz»

Blogerlar chempionati nominatsiyalarining g‘oliblari ro‘yxati:

«Blogerlar e’tirofiga sazovor bo‘lgan blogpost» nominatsiyasi:

G‘olib: Farrux Jabborov

Qaysi ishi uchun: «(P)AXTAXONAdan maktub» nomli blogposti uchun

Toshkent islom instituti rektori Uyg‘un G‘afurov nominatsiya g‘olibi Farrux Jabborovga institutning maxsus sovg‘asini topshirmoqda.
Foto: «Xabar.uz»

«O‘quvchilar e’tirofiga sazovor bo‘lgan blogpost» nominatsiyasi nominatsiyasi:

G‘olib: Shohbozbek Dolimov

Qaysi ishi uchun: «Vaqt qadri (o‘zbek yoshlari uchun)» nomli blogi uchun

Bloger Shohbozbek Dolimov «Xabar.uz» axborot-tahliliy portali ijodiy guruhi rahbari Jamshid Niyozovdan diplomni qabul qilib olmoqda. 
Foto: «Xabar.uz»

I bosqichda eng yuqori baho olgan bloger nominatsiyasi:

G‘olib: Shukurjon Islomov

Qaysi ishi uchun: «Nima(ga) kerak ma’naviyat?» nomli blogposti uchun

Ushbu nominatsiya g‘olibi Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan taqdirlandi. G‘olibga mukofotni markaz rahbari Alisher Qodirov topshirdi.
Foto: «Xabar.uz»

II bosqichda eng yuqori baho olgan bloger (yoki II bosqich chempioni)

G‘olib: Isroil Tillaboyev

Qaysi ishi uchun: «Malaka oshirishmi yoki “davleniya” oshirishmi?» nomli blogposti uchun

O‘zbekiston mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi nominatsiya g‘olibi Isroil Tillaboyevga «UNICEF» tashkilotining esdalik sovg‘asini topshirdi.
Foto: «Xabar.uz»

«Eng yaxshi videoblog» nominatsiyasi:

G‘olib: Gulruhoyim Yusupova

Qaysi ishi uchun: «Ijtimoiy tajriba: Bola o‘g‘irlanishi» nomli blogi uchun

Gulruhoyim Yusupova O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining qimmatbaho sovg‘asi bilan taqdirlandi. Nominatsiya g‘olibiga mukofotni Bosh prokuraturaning Jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi boshlig‘i Surayyo Rahmonova topshirdi.
Foto: «Xabar.uz»

«Eng yaxshi fotoblog» nominatsiyasi:

G‘olib: Davron Alijonov

Qaysi ishi uchun: «“Teazeal” — Vatandan Vatangacha», «O‘zbekiston kelajagi buyuk davlat» yoxud sayohatni birga qilamiz! (3+1/56)» nomli blogposti uchun

Ushbu nominatsiya g‘olibi Turizmni rivojlantirish Davlat qo‘mitasi tomonidan taqdirlandi. Davron Alijonov taqdirlash marosimi bo‘layotgan vaqtda Fransiyada ekani bois sovg‘asini vakili qabul qilib oldi.
Foto: «Xabar.uz»

Birlashgan millatlar tashkilotining ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha tashkiloti (YuNESKO)ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi tomonidan ta’sis etilgan «Media informatsion savodxonligi va fuqarolik jurnalistikasiga qo‘shgan hissasi uchun» nominatsiyasi:

G‘olib: Dilshod Nurulloh

Qaysi ishi uchun: «“Layk” bosish mas’uliyati yoxud sizni boshqarishlariga yo‘l qo‘ymang!» nomli blogposti uchun

Nominatsiya g‘olibi Dilshod Nurulloh mukofotni qabul qilib olmoqda.
Foto: «Xabar.uz»

Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan ta’sis etilgan «Alternativ energiya manbalaridan foydalanishni eng yaxshi targ‘ib qilgan bloger» nominatsiyasi:

G‘olib: Sarvar Qurbonov

Qaysi ishi uchun: «Quyosh energiyasidan tekin foydalanish rostdan ham tekinmi?» nomli blogposti uchun

Innovatsiya vaziri o‘rinbosari Sherzod Shermatov nominatsiya g‘olibi Sarvar Qurbonovni taqdirlamoqda.
Foto: «Xabar.uz»

Xalq ta’limi vazirligi tomonidan ta’sis etilgan «Xalq ta’limi tizimidagi muammolar va ularning yechimlari tahlil qilingan eng yaxshi blogpost» nominatsiyasi:

G‘olib: Isroil Tillaboyev

Qaysi ishi uchun: «O‘qituvchini buxgalterlikdan qutqaring!», «Malaka oshirishmi yoki “davleniya” oshirishmi?», «Ilm skautlari» nomli blogpostlari uchun

Xalq ta’limi vazirining o‘rinbosari Dilshod Kenjayev Isroil Tillaboyevni taqdirlamoqda.
Foto: «Xabar.uz»

Qo‘shimcha mukofot: Feruza Mamirova

Qaysi ishi uchun: «Inklyuzivlashtirilmagan jamiyatimiz yoxud qachon imkoniyati cheklangan shaxslar sog‘lom odamlar kabi tahsil oladi?» nomli blogposti uchun

Xalq ta’limi vazirining o‘rinbosari Dilshod Kenjayev Feruza Mamirovani taqdirlamoqda.
Foto: «Xabar.uz»
«El Madad» tashkiloti imkoniyati cheklangan bo‘lishiga qaramay Blogerlar chempionatida munosib ishtirok etgan Feruza Mamirovani maxsus sovg‘a bilan taqdirladi.
Foto: «Xabar.uz»

Qo‘shimcha mukofot: Zamira Yusupova

Qaysi ishi uchun: «Kimyo qiyin fanmi?» nomli blogposti uchun

Xalq ta’limi vazirining o‘rinbosari Dilshod Kenjayev Zamira Yusupovani taqdirlamoqda.
Foto: «Xabar.uz»
Ushbu nominatsiya g‘olibi, shuningdek, «UNICEF» tashkilotining esdalik sovg‘asi bilan taqdirlandi.
Foto: «Xabar.uz»

Adliya vazirligi tomonidan ta’sis etilgan «Huquqiy mavzuni eng yaxshi yoritgan bloger» nominatsiyasi

G‘olib: Farhod Abdurahmonov

Qaysi ishi uchun: «Xalq o‘z haq-huquqlarini bilmaydimi yoki qonunlar buzilishiga asosiy aybdor kim?» nomli blogposti uchun

Adliya vazirining o‘rinbosari Akbar Toshqulov nominatsiya g‘olibini aniqlab bermoqda.
Foto: «Xabar.uz»
Nominatsiya g‘olibi Farhod Abdurahmonov ayni paytda xorijda bo‘lganligi sababli mukofotni uning nomidan «Xabar.uz» tahririyati xodimi qabul qilib oldi.
Foto: «Xabar.uz»

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan ta’sis etilgan «Oliy ta’lim tizimi islohotlarini yoritib borgan eng yaxshi bloger» nominatsiyasi:

G‘olib: Baxtiyor G‘oziyev

Qaysi ishi uchun: «Ustoz, bu fan menga nega kerak?» nomli blogposti uchun

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining fan bo‘yicha o‘rinbosari Uzoqboy Begimqulov nominatsiya g‘olibi Baxtiyor G‘oziyevni taqdirlamoqda.
Foto: «Xabar.uz»

«Iste’molchilar huquqi mavzusidagi eng yaxshi blogpost» (Ta’sischi: O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi)

G‘olib: Isomuhammad O‘ratov

Qaysi ishi uchun: «O‘zbekistonda nazorat xaridini joriy etish vaqti kelmadimi?» nomli blogposti uchun

O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi raisi o‘rinbosari Nodirbek Yusupov nominatsiya g‘olibi Isomuhammad O‘ratovga mukofotni topshirmoqda.
Foto: «Xabar.uz»

Qo‘shimcha mukofot: Dilfuza Ergasheva

Qaysi ishi uchun: «Buni har birimiz bilishimiz kerak!» nomli blogposti uchun

O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi raisi o‘rinbosari Nodirbek Yusupov nominatsiya g‘olibi Dilfuza Ergashevaga mukofotni topshirdi.
Foto: «Xabar.uz»

O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi va BMTTD qo‘shma loyihasi tomonidan ta’sis etilgan «Blogerlar chempionatining eng faol blogeri (ayol bloger)» nominatsiyasi:

G‘olib: Aziza Qurbonova

Qaysi ishi uchun: «I. T. – nafratlanaman, kechirim so‘rayman»«Men kutayotgan 15 kun»

O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Gulnora Ma’rufova nominatsiya g‘olibi Aziza Qurbonovaga mukofotni topshirmoqda.
Foto: «Xabar.uz»

O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi va BMTTD qo‘shma loyihasi tomonidan ta’sis etilgan «Ayollarning muammolari va ularning yechimlarini ochib bergan eng yaxshi bloger» nominatsiyasi:

G‘olib: Sanjar Said

Qaysi ishi uchun: «Ona qotil, aybdor esa — hamma» nomli blogposti uchun

Sanjar Said
«Xabar.uz»

O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi va BMTTD qo‘shma loyihasi tomonidan ta’sis etilgan «Ayollarning muammolari va ularning yechimlarini ochib berilgan eng yaxshi blogpost» nominatsiyasi:

G‘olib: Farida Xayrulla qizi

Qaysi ishi uchun: «Bolam kasal bo‘lsa, "bolnichniy" ochtirolmayman!»«Xavotir»«Notenglik» nomli blogpostlari uchun.

O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Gulnora Ma’rufova nominatsiya g‘olibi Farida Xayrulla qiziga mukofotni topshirmoqda.
Foto: «Xabar.uz»

O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi va BMTTD qo‘shma loyihasi tomonidan ta’sis etilgan «Ayollarni tadbirkorlikka jalb etishga qaratilgan ilg‘or g‘oyalari uchun» nominatsiyasi:

G‘olib: Zuhra Abdurahmonova

Qaysi ishi uchun: «Uy bekalari uchun: «Instagram»da qanday qilib pul topish mumkin?» nomli blogposti uchun

Zuhra Abdurahmonova taqdirlash marosimiga yetib kelolmagani sababli uning nomidan mukofotni Bahor Boymirzayeva qabul qilib oldi.
Foto: «Xabar.uz»

O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi va BMTTD qo‘shma loyihasi tomonidan ta’sis etilgan «Xotin-qizlar salomatligini yuksaltirishga oid novatorlik takliflari uchun» nominatsiyasi:

G‘olib: Rohila Mirzaahmedova

Qaysi ishi uchun: «Sog‘lom ayol — jamiyat ildizi» nomli blogposti uchun

Rohila Mirzaahmedova taqdirlash marosimiga yetib kelolmagani sababli uning nomidan mukofotni Gulruhoyim Yusupova qabul qilib oldi.
Foto: «Xabar.uz»

Shuningdek, O‘zbekiston mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi tomonidan ta’sis etilgan «Chempionat kashfiyoti bo‘lgan bloger» nominatsiyasi bo‘yicha Sitora Isomuddinova g‘olib deb topildi. Mazkur ishtirokchi taqdirlash marosimiga yetib kelolmagani bois sovg‘ani uning nomida «Xabar.uz» portali muxbiri qabul qilib oldi.

Blogerlar chempionatining 1-bosqichiga 387 ta, 2-bosqichiga 64 ta, final bosqichiga 21 ta, umumiy hisobda 472 ta ijodiy ish (matnli, foto, videobloglar) kelib tushdi. Statistik hisob-kitoblarga ko‘ra, kelib tushgan ishlar BLOG.XABAR.UZ platformasida 170 ming martadan ko‘proq o‘qilgan, ularga 3001 nafar o‘quvchi tomonidan 3065 ta izoh yozib qoldirilgan.

Taqdirlash marosimida O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi chempionatni yuqori saviyada tashkil etgani, jamiyatda erkin fikrni rivojlantirish, fuqarolik jurnalistikasini qo‘llab-quvvatlashga qo‘shgan ulkan hissasi, shuningdek, tibbiyot sohasidagi islohotlar mazmun-mohiyatini jamoatchilikka yetkazish yo‘lidagi hamkorligi uchun «Xabar.uz» axborot-tahliliy portali rahbari Jamshid Niyozovni maxsus sovg‘a bilan taqdirladi.

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi axborot xizmati rahbari Furqat Sanayev Jamshid Niyozovni taqdirlamoqda.
Foto: «Xabar.uz»
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi axborot xizmati rahbari Furqat Sanayev Jamshid Niyozovni taqdirlamoqda.
Foto: «Xabar.uz»
Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring