«Bizga 3-4 oy vaqt berilgan» — vazir o‘rinbosari
Bugun AOKAda O‘zbekistonda ma’muriy islohotlarni amalga oshirishga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazildi.
Tabiiyki, birinchi tug‘iladigan savol — Qisqartirishga tushgan xodimlar 1 yanvardan ishdan bo‘shatiladimi? Bu mehnat qonunchiligiga zid emasmi?
Jurnalistning savoliga Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri o‘rinbosari Bahodir Umurzoqov javob berdi:
– Vazir yoki uning muovini bo‘lsa ham, vazirlikning taalluqli funksiyasiga mos kelmaydigan lavozimda bo‘lsa, qisqartiriladi.
Xodimlarga ikki oy oldin ogohlantirish xati beriladi. O‘ylamang, 1 yanvardan bo‘shatib yuboriladi deb. Bizga 3-4 oy vaqt berilgan. Shu vaqt ichida bo‘shatadiganini bo‘shatamiz va o‘ziga taalluqli ishga joylashtiramiz. Lekin yoppasiga 35 foizini ishdan bo‘shatish degan narsa yo‘q.
Masalan, Mehnat vazirligi hamda Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi. Biz Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining bir qism funksiyasini o‘zimizga olyapmiz. Mehnat vazirligi faoliyatining asosiy vazifasi insonlarni o‘qitish va ishga joylashtirish.
Shu ma’noda kambag‘allikka qarshi kurashish vazifasi bizning yelkamizga yuklanyapti. Hammamiz bir davlat siyosatini amalga oshirish vazifasiga kirishamiz. Kim qachon qaysi vazifani egallashi emas, kim nimaga mas’ul bo‘ladi, taalluqli javobgarlik nimada bo‘ladi degan ma’noda shtat strukturasi tuziladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter