Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bittasi bugun! Yerga ikki xavfli asteroid yaqinlashmoqda

Bittasi bugun! Yerga ikki xavfli asteroid yaqinlashmoqda

Foto: «Shutterstock»

NASA ma’lumotlariga ko‘ra, bugun, 28-aprel sanasida Empayr-steyt-bilding binosidan ikki baravar kattaroq asteroid Yer yonidan o‘tib ketadi.

418135 (2008 AG33) nomi berilgan ushbu fazoviy jismning diametri 350 metrdan 780 metrgacha bo‘lishi mumkin. Baxtimizga, ovoz tezligidan 30 karra tezroq uchib kelayotgan asteroid sayyoramizdan 3,2 million kilometr olisda o‘tib ketadi — Oygacha masofadan 8 baravar uzoq.

Bu xavotir arimay turib, 9-mayda yana bir «o‘zga sayyoralik» mehmon tashrifi kutilmoqda. Bunisi yanayam kattaroq va tezroq. NASA prognozlariga ko‘ra, 2006 JF42 nomli bu asteroid diametri 380 metrdan 860 metrgacha, tezligi 40,6 ming km/soat. Fazoviy jism Yerimizdan 5,6 mln kilometr olislikda uchib o‘tadi.

Ikkinchi asteroidning tezligi, agar taqqoslaydigan bo‘lsak, reaktiv-qiruvchi samolyotnikidan 17 baravar, o‘q tezligidan 12,5 baravar yuqori!

NASA Yerga 193 mln kilometrgacha yaqin kelgan fazoviy ob’yektlar hamda 7,5 mln kilometrgacha yaqinlashgan tez harakatlanuvchi ob’yektlarni «potensial xavfli» sifatida tasniflaydi.

Darvoqe, o‘z trayektoriyasi bo‘ylab o‘tib ketishi kutilayotgan ikkala asteroid Quyoshning ushbu qismiga, demakki, Yerga yana qaytishi kutilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring