Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bitta sinfning uchta o‘quvchisida virus aniqlansa, o‘sha sinf karantinga olinadi

Bitta sinfning uchta o‘quvchisida virus aniqlansa, o‘sha sinf karantinga olinadi

Foto:«Xabar.uz»

Bugun Xalq ta’limi va Sog‘liqni saqlash vazirligi mutasaddilari ishtirokida matbuot anjumani o‘tkazildi. Unda yangi o‘quv yili boshlanishi bo‘yicha savollarga javob berildi. 

Agar bitta sinfda bir vaqtning o‘zida 3 nafar o‘quvchida virus aniqlansa, faqat o‘sha sinf karantinga olinadi. Mazkur sinf onlayn o‘qishga o‘tkaziladi.

AOKA zalida o‘tkazilayotgan matbuot anjumanida ta’kidlanishicha, dars vaqtini 45  minutdan 30 daqiqaga qisqartirish taklifi berilgan.

Bu amaliyot ayrim fanlarga nisbatan joriy etilishi mumkin.

Har bir sinfxonani shamollatish imkoniyati yaratiladi.

Bino oldi va sinfxonalarda antiseptik dezinfeksiya vositalari o‘rnatiladi.

O‘qituvchilar, maktab xodimlari maxsus tayyorgarlikdan o‘tkaziladi.

O‘quvchilar maktabda tibbiy niqobda bo‘lishi shart.

Bir sinf o‘quvchilari boshqasi bilan muloqot qilmasligi, aralashib ketmasligiga e’tibor qaratiladi. Maktabda ommaviy tadbirlar o‘tkazilmaydi. Oshxonalar ishlamaydi.

Bino hududiga begonalar kirishi taqiqlanadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring