Birinchi xonimlar Istanbulda o‘tadigan «Falastin uchun yagona yurak» sammitida qatnashadi
Prezident Rajab Toyyib Erdo‘g‘onning rafiqasi Emine Erdo‘g‘on bugun, 15-noyabr kuni Istanbulda bo‘lib o‘tadigan «Falastin uchun yagona yurak» sammitida Birinchi xonimlar bilan uchrashadi.
Yig‘ilishda dunyoning ko‘plab mamlakatlari, jumladan, Qatar, Malayziya hamda O‘zbekiston kabi davlat va hukumat rahbarlarining turmush o‘rtoqlari va maxsus vakillari begunoh G‘azo xalqining murojaatini butun dunyoga eshittiradi. Shuningdek, ular falastinlik begunoh bolalarning chekayotgan azoblariga barham berish va inqirozni hal qilish uchun kuchli birdamlik namoyish etadilar.
«Isroilning G‘azo sektoriga 7-oktyabrdan beri uyushtirgan hujumlarida 11 mingdan ortiq kishining, jumladan, bolalar va ayollarning halok bo‘lishi Emine Erdo‘g‘on boshchiligidagi Birinchi xonimlarni harakatga keltirdi.
G‘azodagi begunoh tinch aholining o‘limini oldini olish va mintaqada tinchlik o‘rnatish uchun har doim yordamga tayyor ekanligini har nutqida ta’kidlagan birinchi xonim Emine Erdo‘g‘on, bu gal ham Istanbulda dunyoning ko‘plab mamlakatlari davlat va hukumat rahbarlarining turmush o‘rtoqlari va maxsus vakillari ishtirokidagi yig‘ilishga mezbonlik qilyapti», – deyiladi xabarda.
«Falastin uchun yagona yurak» sammitida Emine Erdo‘g‘onning kirish nutqi bilan boshlanadi, shuningdek, ishtirok etayotgan barcha Birinchi xonimlar nutq so‘zlashi kutilyapti.
Eslatib o‘tamiz, Emine Erdo‘g‘on turmush o‘rtog‘i – amaldagi Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on bosh vazir bo‘lgan paytda, ya’ni 2009 yildayoq Istanbulda «Falastinda tinchlik uchun ayollar yig‘ilishi»ga rahbarlik qilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter