Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bir yilda 879,5 ming nafar kishi bandlik markazlariga ish so‘rab murojaat qildi

Bir yilda 879,5 ming nafar kishi bandlik markazlariga ish so‘rab murojaat qildi

O‘zbekistonda 2022-yilning 1 yanvar holatida ishsizlik darajasi 9,6 foizni tashkil etib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 0,9 foizga kamaygan bo‘lsa, 2021 yilning yanvar-sentyabr oylariga nisbatan 0,2 foizga ortdi.

2021 yilning yanvar-dekabr oylarida tuman (shahar) Aholi bandligiga ko‘maklashish markazlariga 879,5 ming nafar fuqaro ish topishga yordam so‘rab murojaat qilgan.

2021 yilning dekabr oyida Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Mehnat bozori tadqiqotlari tomonidan respublikamizning 108 ta shahar va tumanlarida navbatdagi ijtimoiy so‘rov o‘tkazildi. Tadqiqot davomida 500 ta o‘zini-o‘zi boshqarish organlari, 5,0 mingta uy xo‘jaliklari hamda 26,5 ming nafar fuqarolar qamrab olindi.

2022 yilning 1 yanvar holatida mehnat resurslari soni 19 345,0 ming kishini tashkil etib, 2020 yilning shu davriga nisbatan 101,1 foizga yoki 202,6 ming kishiga oshgan. Iqtisodiyot tarmoqlarida band bo‘lganlar soni 13 538,9 ming kishini tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 2,3 foizga (299,3 ming kishiga) oshgan.

2022 yilning 1 yanvar holatida rasmiy sektorda band aholi soni 6 196,3 ming kishini tashkil qilib, 2020 yilning shu davriga nisbatan yuridik shaxslarda band bo‘lganlar soni 6,3 foizga yoki 314,8 ming kishiga oshgani kuzatildi.

Norasmiy sektorda band bo‘lganlar soni 5 885,5 ming kishini tashkil etib, 2021 yilning 1 oktyabr holatiga nisbatan 1,0 foiz yoki 58,4 ming kishiga kamaygan. O‘tkazilgan tadqiqot natijalariga ko‘ra ishga muhtoj bo‘lganlarning umumiy soni 1 441,8 ming kishini, ishsizlik darajasi iqtisodiy faol aholi orasida 9,6 foizni tashkil etdi. 16-30 yoshgacha bo‘lganlar orasida ishsizlik darajasi - 15,1 foiz, ayollar orasida ishsizlik darajasi esa - 13,3 foiz bo‘ldi.

2022 yilning 1 yanvar holatida respublikamizda iqtisodiy nofaol aholi 4 364,2 ming kishini tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 0,5 foizga yoki 19,8 ming kishiga ortishi kuzatildi.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring