«Bir vatanda, bir vaqtda, bir masofaga, bir maqsadda – birga yuguramiz!» shiori ostida yugurish musobaqasi o‘tkazildi
Bugun, 3 sentyabr kuni Toshkent, Samarqand, Jizzax, Navoiy, Buxoro, Qorovulbozor, Qarshi, G‘uzor, Termiz, Guliston, Nurafshon, Andijon, Namangan, Farg‘ona, Xiva va Nukus shaharlarida O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 32 yilligiga bag‘ishlangan «Yangi Nafas» ommaviy yugurish musobaqasi bo‘lib o‘tdi.
Respublika bo‘ylab 100 mingga yaqin havaskor yuguruvchilar ushbu ommaviy sport musobaqasida io‘tirok etdi.
Toshkent shahrida «Humo Arena» sport maydoni o‘tkazilgan ommaviy yugurish musobaqasiga 7000 dan ziyod ishtirokchi qo‘shildi, ular orasida Toshkentning 50 ta oliygohidan 3000 ga yaqin talaba ham qatnashdi.
Toshkentdagi ommaviy yugurish musobaqasining dasturiga 3 km va 10 km masofalik ikkita distansya kiritildi. Qolgan shaharlarda "Yangi Nafas" sport harakatining yagona ramziy masofasi 3 km ni tashkil qildi.
Shuningdek, 30 ta chet el davlatidan vakillar ham ushbu keng ko‘lamli sport bayramiga qo‘shildi.
«Yangi Nafas» g‘oliblari uchun tashkilotchilar tomonidan pullik mukofot fondi va ommaviy yugurish musobaqasining ramzi tushirilgan esdalik sovg‘alari ajratildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter