Bir guruh shaxslar «Baraka burger» do‘koni oynalarini sindirib yoqib yuborishdi
Ijtimoiy tarmoqlarida Farg‘ona shahrida joylashgan «Baraka burger» nomli do‘konni oynalari sindirilgan holda yoqib yuborilganligi tasvirlangan videoxabar tarqaldi. Farg‘ona viloyati IIB holat bo‘yicha ma’lumot berdi.
Aniqlanishicha, 2021 yil 5 oktyabr kuni E. va uning tanishlari hamda O. va boshqalar o‘rtasida kelib chiqqan kelishmovchilik sababli, jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan, jamoat joyida bir-biriga tan jarohati yetkazishgan. Shundan so‘ng, E. va uning sheriklari bezorilik xatti-harakatlarini davom ettirib, o‘zganing mulkini qasddan nobud qilish maqsadida O.ga tegishli bo‘lgan «Baraka burger» do‘konini oynalari sindirishib, do‘konda yong‘in chiqarishgan.
Mazkur holat yuzasidan Farg‘ona shahar Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi (bezorilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergovga kirishildi.
Jinoyat ishi bo‘yicha E. ismli shaxs Jinoyat kodeksining 277 (bezorlik) hamda 173-moddalari (mulkni qasddan nobud qilish yoki unga zarar yetkazish) bilan hamda O. ismli shaxs 277-modda bilan gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilinib, protsessual tartibda ushlangan, hozirda qolgan ishtirokchilarni aniqlash choralari ko‘rilmoqda.
Tergov davomida ishga aloqador bo‘lgan barcha shaxslarning harakatlariga huquqiy baho beriladi.
Mazkur jinoyat ishi bo‘yicha Farg‘ona viloyati IIB huzuridagi tergov boshqarmasi tomonidan tergov harakatlari davom ettirilmoqda, deyiladi xabarda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter