Biologlar: akula va skatlarning ko‘p turlari yo‘q bo‘lib ketish arafasida turibdi
Biologlar okean hayvonlarining 31 turidan 24tasi xavf ostida ekanligini aniqladilar.
Xalqaro dengiz biologlari fikriga ko‘ra, okeanlardagi akula va skatlarning ko‘p turlari yo‘q bo‘lib ketish arafasida. «Nature» jurnalida chop etilgan ilmiy izlanishlar natijasida ushbu turdagi hayvonot dunyosining populyasiyasi 48 yil ichida 71 foizdan ko‘proq kamayganligi haqida ma’lumot berilgan.
Tadqiqot mualliflaridan biri Nik Dyulvi jonzotlar populyasisi keskin darajada past ekanini ta’kidlab o‘tgan. Uning ta’kidlashicha, okean hayvonlari soni quruqlikdagi hayvonlarga qaraganda tezroq kamayib bormoqda. Karkidonlar va fillar bunga yorqin misol bo‘lishi mumkin.
Okean hayvonlarining yo‘q bo‘lib ketishining asosiy sababi baliq ovlash sanoatining faol rivojlanishidir, soha 50 yil ichida 18 baravarga oshgan. Shu sababli, akula va skatlar yashab qolishi uchun baliqlar yetishmaydi. Bundan tashqari, akulalarning o‘zi vaqti-vaqti bilan baliqchilarning o‘ljasiga aylanib qolmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter