Binafsharang pomidor yetishtirishga ruxsat berildi — AQSh
AQSh davlat inspeksiyasi (APHIS) mamlakat hududida geni o‘zgartirilgan pomidor navini yetishtirishga ruxsat berdi. Bu pomidorlar foydali antotsianlar bilan to‘yintirilgan, deyiladi Naked Science xabarida.
Pomidorning rangi g‘ayriodatiy — binafsharang. Bu tusni unga aynan antotsianlar beradi. Yangi navni yaratish uchun olimlar uning geniga antotsianlar sintezini muvofiqlashtiruvchini qo‘shishdi. Muvofiqlashtiruvchi esa ko‘pyillik o‘simlik — ajdargul (antirrinum, lotincha — Antirrhinum)dan olingan.
Tajribalar binafsharang pomidor bilan oziqlantirilgan sichqonlar birmuncha uzoqroq umr ko‘rishini isbotladi.
AQSh — geni o‘zgartirilgan binafsharang pomidor yetishtirishga ruxsat etilgan yagona mamlakat. Navbatdagi mamlakat Buyuk Britaniya bo‘lishi kutilmoqda.
Aynan Britaniyada bittasi ikkita tuxum o‘rnini bosuvchi pomidor yaratilgani haqida xabar bergandik.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter