Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«O‘quvchilarni dasturlashdan bezdirish emas, qiziqtirishimiz kerak». Farg‘onada C++ malaka oshirish darslari davom etmoqda (video)

«O‘quvchilarni dasturlashdan bezdirish emas, qiziqtirishimiz kerak». Farg‘onada C++ malaka oshirish darslari davom etmoqda (video)

Foto: Xabar.uz

Joriy yilning 1-dekabridan boshlab Xalq ta’limi vazirligi tashabbusi asosida umumta’lim maktablarining Informatika va axborot texnologiyalari fani o‘qituvchilari uchun C++ , Scrach dasturlash tilini o‘rganish bo‘yicha o‘quv kurslari boshlandi.

Joylarda o‘qituvchilarning malakalarini oshirish darslari davom etmoqda. «Xabar.uz» jamoasi bevosita dars jarayonlarini o‘rganish maqsadida Farg‘ona viloyatida bo‘ldi.

Viloyat Xalq ta’limi boshqarmasi AKT bo‘limi bosh mutaxassisi Voxobov Azamatjonning so‘zlariga ko‘ra, hozirgi kunda viloyat bo‘yicha qariyb 600 ga yaqin o‘qituvchilar malaka oshirish kurslarida o‘qimoqda.  O‘qituvchilar S++ hamda Scrach dasturlash tillari bo‘yicha o‘qimoqda.

«Birinchi navbatda biz C++ nima ekanligini tushunib olishimiz kerak bo‘ladi. Sizga tushuntiradigan bo‘lsam, hozirgi qo‘limizda turgan telefonlar asosi xuddi shu dasturda yozilgan. Kompyuterlar, masalan, Windows dasturi xuddi shu tilda yozib chiqilgan. 30 yildan beri shu fandan dars berib kelaman. Hamma o‘qituvchilar C++ga doir bilimlardan xabardor. Biz faqat amaliy biror ish qilib ko‘rmagandik ochig‘i. Mana malaka oshirish kurslarida bizga bunday imkoniyat taqdim etildi», —deydi  Marg‘ilondagi 15 maktab o‘qituvchisi Ahmedov Ulug‘bek.

C++ funksiya va ob’yektlarning boy kutubxonasiga ega. C++ dasturlash tilini o‘rganish 2 qismga bo‘linadi: dastlab, C++ tili sintaksisi o‘rganiladi va shundan so‘ng uning asosiy kutubxonalarini birma-bir ko‘rib chiqib, yodlash lozim bo‘ladi. Bundan ko‘rinib turibdiki, bu til juda katta hajmni o‘z qamroviga oladi.

«42-maktabda Scrach bo‘yicha darslar tashkil etildi. Ustozimiz Valixonov Ravshan ushbu dasturlash tili imkoniyatlari haqida bizga batafsil ma’lumot bermoqda. O‘zimiz ham zo‘r qiziqish bilan o‘qiyapmiz. O‘zim yaqinda million dasturchi loyihasida qatnashib sertifikat olgandim. Hozirda to‘rt nafar o‘quvchim ham ushbu loyihada qatnashish uchun tayyorlanmoqda. Bolani dasturlashga qiziqtirish bizni zimmamizda. Bizdagi bilim yetarli bo‘lsagina bolalarni dusturlashga qiziqtira olamiz, aks holda ularni bezitib qo‘yamiz. Ularga bu dasturlash tili qanday imkoniyatlarga ega ekanligini tushuntirib bera olishimiz zarur»,— deydi 20-sonli umumta’lim maktabi informatika o‘qituvchisi Xayrullayev Alisher.

S++  dasturlash tili mashg‘ulotlarni BePro IT Academy tomonidan biriktirilgan trenerlar o‘tkazmoqda.

Toshloq tumanida o‘qituvchilarga dars o‘tib kelayotgan Mirzohakimov Nodirbekning ta’kidlashicha, dasturlash tilini o‘rganish kishini bevosita qo‘shimcha til o‘rganishga undaydi. Ya’ni, ingliz tilini. Busiz hech narsa qilishning imkoni yo‘q. Dasturda o‘zbekcha buyruqlarning o‘zi yo‘q. Amallarni bajarish uchun chet tilidan yetarlicha xabardor bo‘lishga to‘g‘ri keladi.

Ma’lumot o‘rnida, C++ tilining egasi yo‘q u hech kimga tegishli emas. Bu til S tilidan kelib chiqgani uchun bosh harf S, ++ esa bu tildagi qiymatni bittaga ko‘tarish belgisi hisoblanadi.

C++ dasturlash tili kompilyasiya qilinadigan til hisoblanib, yozilgan kod oldin mashina tiliga o‘giriladi va keyin ishga tushiriladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring