Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Besh kishilik vaksina bilan yetti kishi emlanmoqda — Janubiy Koreya

Besh kishilik vaksina bilan yetti kishi emlanmoqda — Janubiy Koreya

Foto: NEWSIS/XinHua/Global Look Press

Janubiy Koreyalik shifokorlar koronavirusga qarshi «Pfizer» vaksinaning besh dozasi (bir flakon) bilan yetti kishini emlashgani haqida «Yonhap» agentligi yozmoqda.

Xabarga ko‘ra, mutaxassislar bitta flakondan oltita, hatto yettitagacha dozani tortib olish imkonini beruvchi mahalliy shpritslardan foydalanishgan.

Milliy tibbiyot markazi direktori Chon Gi Xyonning aytishicha, vaksinatsiya payti ko‘pincha vaksinaning 0,3 millilitri flakonda qolib ketayotgani aniqlangan. «Yettinchi odamni ham emlash uchun shuning o‘zi yetarli. Albatta, bu qoida sifatida qabul qilinmasligi kerak, biroq ba’zida shunaqa holatlar ham bo‘lib turibdi», — dedi u.

Eslatib o‘tamiz, Janubiy Koreyada aholini koronavirusga qarshi vaksinatsiyalash o‘tgan juma kuni boshlandi. Ommaviy immunitet hosil bo‘lishi uchun, mamlakat shu yilning noyabriga qadar aholisining 70 foizini emlashga ulgurishga umid qilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring