«Besh imperator»dan birining byusti sotildi
Kecha, 29-aprel kuni Nyu-Yorkda «Christie’s» auksion uyi Antik davr buyumlarini sotdi. Ular qatorida Rim imperatori Didiy Yulianning marmar byusti ham xaridorini topdi.
Imperator byusti uchun boshlang‘ich narx 1,8 mln. dollar etib belgilandi. Yakunda u 4 million 815 ming dollarga sotildi. Xaridor o‘z nomini oshkor etishni istamadi.
Ushbu lotga ilova qilingan hujjatga ko‘ra, Didiy Yulian milodning 193-yili taxtga o‘tirgan. Ammo uzoq hukm surish uning peshonasiga yozilmagan ekan: oradan ikki oy o‘tib saroydagi to‘ntarish payti uni o‘ldirishadi. Tarixning bu davri keyinchalik «Besh imperator yili» deb atala boshlandi — 365 kunda aynan shuncha imperator almashgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter