Nyu-Yorkning serqatnov ko‘chalariga kirish pulli bo‘ldi
Nyu-York AQShda birinchi bo‘lib shaharning tiqinlar ko‘p hosil bo‘luvchi markaziy qismiga kirishni pulli qildi.
Shaharning avtomobillar eng ko‘p qatnovchi qismiga kirish narxini belgilashda kunning vaqti va transport vositasi turi inobatga olinadi.
Avtomobillar uchun tarif kechasi 2,25 dollardan eng tig‘iz (pik) paytlarda 9 dollargachani tashkil etadi. Shahar hokimiyati rejasiga ko‘ra, bu tariflar 2028-yilgacha amal qiladi — keyin yana oshiriladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter