Berlinlik farrosh lotereyada 90 million yevro yutdi
«14, 19, 21, 30, 32, 4, 7 — berlinlik 36 yoshli Kristina uchun bular shunchaki raqamlar emas, balki yangi hayotga chipta, omadning kulib boqishidir», deb xabar bermoqda «Germania.one».
Endi u millioner. Atigi 10,5 yevro sarflab, 90 million yevro yutib oldi!
Yangi millioner Ispaniya janubiga sayohatga borib, ortga millioner bo‘lib qaytdi: u jekpotni aynan shu yerda «Lottoland» chiptasini sotib olib yutdi.
Raqamlarning yarmini o‘zi belgiladi, yarmini onasi «WhatsApp» orqali jo‘natdi.
Bir kunda millionerga aylanib qolgan ona-bola buncha pulni nima qilishgayam hayron.
Kristinaning aytishicha, u birinchi navbatda farroshlikdan bo‘shashga ariza beradi va AQShga sayohatga jo‘naydi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter