Omadli duradgorga ikki marta lotereyadan yutuq chiqdi va u millionerga aylandi
Taxminan bir oy oldin Vusterlik (AQSh) duradgor «Family Farms» do‘konidan lotereya chiptasini sotib oldi.
Deyvson Alves Martins birinchi bor chipta sotib olganida 500 dollarlik yutuq chiqdi. Biroq, u bunday pulga qanoat qilmadi va bir oy o‘tgach, u yana o‘sha do‘kondan chipta sotib olishga qaror qildi. Va Deyvson ikkinchi marta o‘ynaganida 1 million dollarlik bosh sovrin sohibiga aylandi.
Omadli yigit bunday pul o‘zining va oilasining moliyaviy kelajagi uchun asqotishini aytdi. Omad unga kulib boqishiga sabab esa Deyvson o‘z chiptalarini ikki marta 11-kassadan sotib olgan, chunki u 11 ni o‘zining baxtli va omadli raqami deb biladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter