Belgiya 1666-yilgi qonun bilan Buyuk Britaniyaga tahdid qildi
Belgiya hukumati 1666-yilda Angliya qiroli Karl II tomonidan Bryugge shahridagi baliqchilarga Britaniya suvlarida baliq ovlash uchun berilgan muhlatsiz ruxsatidan foydalanishi mumkin.
Bu haqda Yevropa Ittifoqi mamlakatlari vakillari uchrashuvida Belgiyaning Germaniyadagi elchisi Villem van de Vurde ma’lum qildi, deb yozadi «Guardian».
Tadbir Brexit bitimida nazarda tutilgan o‘tish davri tugaganidan so‘ng Buyuk Britaniya hududiy suvlariga baliqchilik kemalarining kirish masalasini muhokama qilishga bag‘ishlandi.
Diplomat agar tomonlar murosaga kelmasa, uch asr avvalgi qonunlardan foydalanish bilan tahdid qilgan.
Flandriya (Belgiyaning beshta viloyatini birlashtiruvchi hudud) baliqchilik vazirligi bayonotning jiddiyligini tasdiqlagan. Rasmiylarning ta’kidlashicha, qirol tomonidan berilgan imtiyoz 1820-yilda britaniyalik huquqshunos tomonidan tasdiqlangan. Flandriya hukumati huquqshunosning xulosasi nusxasini Yevropa Ittifoqining Buyuk Britaniya bilan bosh muzokarachisi Mishel Barnega yubordi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter