Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Taniqli futbolchi kokain kontrabandasida ayblanib, ushlandi

Taniqli futbolchi kokain kontrabandasida ayblanib, ushlandi

Belgiyalik futbolchi Nainggolan kokain kontrabandasida ayblanib hibsga olindi

Belgiya milliy terma jamoasining sobiq futbolchisi Radja Nainggolan dushanba kuni Antverpen porti orqali kokain kontrabandasi bo‘yicha tergov doirasida hibsga olindi, deya xabar bermoqda Belgiya OAVi Bryussel prokuraturasiga tayanib.

Ta’kidlanishicha, butun mamlakat bo‘ylab politsiya tomonidan o‘tkazilgan reydlar davomida taniqli futbolchidan tashqari yana bir necha kishi qo‘lga olingan.

 “Tekshiruv kokainning Janubiy Amerikadan Yevropaga Antverpen porti orqali olib kelingani va Belgiyada tarqatilishi bilan bog‘liq bo‘lgan holatlarga tegishli”, — deyiladi prokuratura bayonotida.

36 yoshli Nainggolan Antverpenda tug‘ilgan va Italiyaning "Roma" va "Inter" kabi yetakchi klublari hamda Belgiya terma jamoasida o‘ynab, dunyo miqyosida shuhrat qozongan.

U terma jamoa safida 30 marta maydonga tushib, jami 6 ta gol urgan.

2021 yilda Nainggolan Belgiya ikkinchi divizioni jamoasi bilan shartnoma imzolab, Italiyadan vataniga qaytgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring