Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bekatda notanish ayolni urgan erkakning ishi sudga oshirildi

Bekatda notanish ayolni urgan erkakning ishi sudga oshirildi

Videolavhadan skrinshot

11-sentyabr kuni Uchtepa tumanidagi jamoat transporti bekatida 32 yoshli Yevgeniya K.ga sababsiz tan shikastlari yetkazgan sirdaryolik, muqaddam sudlangan 45 yoshli Toxir V.ga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha tergov yakunlandi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar bermoqda.

Mazkur fakt bo‘yicha avvalroq Uchtepa tumani IIO FMB Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 1-qismi («Bezorilik») bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan edi.

Ammo dastlabki tergov davomida barcha tafsilotlar o‘rganilib, jabrlanuvchi, guvohlar va ayblanuvchining ko‘rsatmalari inobatga olingach, ayblanuvchining hatti-harakatlari qayta baholandi. Natijada Toxir V.ga O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi «g» bandi («Bezorilik») hamda 112-moddasi 1-qismi («O‘ldirish yoki zo‘rlik ishlatish bilan qo‘rqitish») bo‘yicha ayblov taqdim etildi.

Dastlabki tergov davrida Toxir V.ga nisbatan qamoqa olish ehtiyot chorasi qo‘llanilgan edi.

Hozirgi vaqtda jinoyat ishi sudga oshirilgan va ayblanuvchiga nisbatan jazo chorasi sud tomonidan belgilanadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring