«Bek Baraka» bozori yonida avtobus yonib ketdi
Bugun, 10 iyul kuni soat 06:51 da Toshkent shahar Chilonzor tumani «Beshqo‘rg‘on» MFY, TXAY ko‘chasida 147-sonli «Chorsu bozori va Chinni bozor» yo‘nalishida harakatlangan «Mercedes-Benz» rusumli avtobusning mator qismida yong‘in yuzaga keldi. Bu haqda FVV vazirligi xabar bermoqda.
Shunga ko‘ra, 1 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji yong‘in joyiga soat 07:00 da yetib borgan. Yong‘in ekipaj borgunga qadar bozor hududiy yong‘in o‘chirish ekipaji va birlamchi yong‘in o‘chirish vositalari yordamida o‘chirilgan. Yong‘in taxminan elektr simlaridagi qisqa tutashuv natijasida sodir bo‘lgan.
Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter