Beeline Uzbekistan telekommunikatsiya sohasini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashga investitsiyalar o‘sishi bilan javob bermoqda
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev IT-soha vakillari, yosh dasturchilar va yetakchi telekommunikatsiya kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Ushbu uchrashuvda videokonferensaloqa orqali viloyat hokimlari va mamlakatimizning barcha hududlaridan mutaxassislar ham ishtirok etdilar. Yig‘ilishda VEON Group tarkibiga kiruvchi Beeline Uzbekistan kompaniyasi sohani rivojlantirish yo‘lidagi to‘siqlarni kamaytirish bo‘yicha davlat siyosati tufayli erishilgan natijalarni e’lon qildi.
O‘zbekiston hukumati IT va telekommunikatsiya kompaniyalarini doimiy ravishda qo‘llab-quvvatlamoqda. Jumladan, aloqa operatorlari qishloq joylarda antenna-machta inshootlarini qurishda yer va mol-mulk solig‘idan, chetdan olib kelingan uskunalar uchun bojxona to‘lovlaridan ozod etildi. Bunday chora-tadbirlar kompaniyalarga infratuzilmani rivojlantirishga sarmoyalarni ko‘paytirish imkonini beradi, bu esa mamlakat aholisiga zamonaviy raqamli xizmatlar mavjudligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Beeline Uzbekistan’ning davlat idoralari bilan aloqalar bo‘yicha direktori Davron Azizovning so‘zlariga ko‘ra, aksiz to‘lovlari va soliq yukining kamayishi tufayli kompaniya kapital qurilishga, hatto eng chekka hududlarda ham tarmoqlarni rivojlantirishga faolroq sarmoya kiritishi mumkin. Birgina 2022 yilning birinchi yarmida infratuzilmaga kiritilgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar qariyb 43 million dollarni tashkil etdi, bu o‘tgan yilga nisbatan qariyb ikki barobarga ko‘p. Digital operator tomonidan ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi 25 foizga, budjetga soliq to‘lovlari esa 6,3 foizga oshdi.
Bundan tashqari, 2022 yilda Beeline Uzbekistan O‘zbekistondagi asosiy transport infratuzilmasi ob’yektlarida aloqa sifatini yaxshilamoqda. «Toshkent-Samarqand» avtomobil yo‘lining yuqori tezlikdagi mobil internet qamrovi kengaytirildi. Yoz oxirigacha poytaxt va Samarqand o‘rtasida qatnovchi «Afrosiyob» poyezdlarini ishonchli aloqa va yuqori tezlikdagi internet bilan ta’minlash rejalashtirilgan.
«Kompaniyamizning ko‘plab loyihalari paydo bo‘lishida telekommunikatsiya sohasiga mamlakat hukumati tomonidan ko‘rsatilayotgan yordam sabab bo‘lgan. Albatta, sohaning rivojlanish sur’atlarini susaytiruvchi narsalar ham bor. Mobil aloqa xizmatlari uchun aksiz solig‘ini nolga tenglashtirish, baza stansiyalarini qurish uchun yer ajratish tartibini soddalashtirish masalalari mavjud. Ammo hozirdanoq davlat idoralari bilan hamkorligimiz ochiq muloqot va ikki tomonning intilishiga asoslangan. Ishonchim komilki, yangi qo‘llab-quvvatlash choralarining joriy etilishi telekom kompaniyalariga iqtisodiyotga sarmoya kiritishni ko‘paytirish imkonini beradi, bu esa O‘zbekistonni raqamlashtirishni tezlashtiradi», — dedi Davron Azizov.
***
Unitel MChJ 2006 yilning 12 sentyabridan boshlab Beeline Uzbekistan savdo belgisi ostida xizmatlar ko‘rsatib kelmoqda. Beeline Uzbekistan bosh qarorgohi Amsterdam (Niderlandiya) shahrida joylashgan VEON xalqaro telekommunikatsiya xoldingi tarkibiga kiradi.
VEON 8 mamlakatda 220 milliondan ortiq obunachiga ega global telekommunikatsiya va internet xizmatlarini provayderidir. Uning aksiyalari NASDAQ va Euronext Amsterdam fond bozorlarida joylashgan.
Beeline Uzbekistan’da 1.6 mingga yaqin xodim ishlaydi. 2006 yildan buyon O‘zbekiston bozoriga kirishi bilan VEON mamlakat telekommunikatsiya sohasiga 1.2 milliard AQSh dollaridan ortiq sarmoya kiritdi. Beeline SB’ning O‘zbekistondagi faoliyati davomida 1.8 milliard dollardan ortiq soliq to‘langan.
Sayt: beeline.uz
Facebook: fb.com/beeline.uz
Instagram: @beeline_uzbekistan
Telegram: t.me/beelineuzbekistan
Twitter: twitter.com/beeline_uz
LinkedIn: linkedin.com/company/beeline-uzbekistan/
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter