Bayrutda portlash qurbonlari soni 149 nafarga yetdi
Bayrutda portlash qurbonlari 149 nafarga yetdi. Bu haqda mahalliy OAV ma’lumotlariga tayanib «RIA Novosti» xabar berdi.
4-avgust kuni Bayrut portida kuchli portlash sodir bo‘lgandi. 135 kishi halok bo‘lgani, besh mingdan ortiq inson jarohatlangani ma’lum qilingandi. Portlashga dengiz portidagi omborda uzoq yillar saqlab kelingan 2750 tonna ammiak selitrasi sabab bo‘lgan. Portlovchi modda katta qarzi borligi uchun 2014-yilda Afrika mamlakatlaridan birining bayrog‘i ostidagi kema bortida qoldirilgan. Portlash ishi bo‘yicha poytaxtdagi portning 16 nafar xodimi hibsga olingan.
Mahalliy hukumatning ta’kidlashicha, tiklanishga milliardlab dollar mablag‘ kerak bo‘ladi. Biroq pul yo‘q. Livan muammoni hal qilishning yagona yo‘li Xalqaro valyuta jamg‘armasi bilan hamkorlik qilish deb hisoblaydi. U mamlakatga portlash oqibatlarini bartaraf etishga yordam berishi mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter