Barmog‘ini kesib olgan rossiyalik rassom sug‘urta kompaniyasidan 320 ming dollar undirdi
Rossiyalik rassom Nikas Safronov shprotdan bo‘shagan konserva bankasiga qo‘lini kesib olgach barmog‘i yallig‘lanib ketgan. Uchta operatsiya va uzoq muddat davolangandan so‘ng u sug‘urta kompaniyasidan 320 ming dollar oldi. Bu haqda Safronov «YouTube»da namoyish etilgan «Million siri» dasturi efirida so‘zlab berdi.
Rassomning aytishicha, u bo‘sh bankani tashlab yuborgandan so‘ng barmog‘ini kesib olgan. Safronov «ko‘proq sig‘ishi uchun» chelakdagi axlatni bosayotganda barmog‘i tilinib ketgan. Ma’lum vaqtdan so‘ng shikastlangan joy yallig‘langan.
Safronovning ta’kidlashicha, barmoq saqlab qolindi, lekin suyaklar moslashmayotganidan bukilmay qolgan. Rassom hayoti, ko‘zi va qo‘llarini jami bir million dollarga sug‘urtalagan. U har yili sug‘urta uchun taxminan 23 ming dollar to‘laydi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter