Bankomatlar sovuqdan pul chiqarmay qo‘ymoqda
Yurtimizda kuzatilayotgan anomal sovuq tufayli ayni kunlarda tashqi bankomatlarning texnik holatida nosozliklar kuzatilib, pul chiqarmay qolish holatlari kuzatilmoqda.
«Ayozli kunlarda plastik kartochkalardagi pullarni naqdlashtirishda imkon qadar yopiq inshootlardagi bankomatlardan foydalanishingizni tavsiya etamiz.
Shuningdek, mijozlardan 24/7 ofislarining eshiklarini ochiq qoldirmasliklarini so‘raymiz. Bu shoxobchalardagi bankomat, konditsioner va boshqa texnik vositalarning ishdan chiqishiga olib kelishi mumkin», deyiladi «Qishloq qurilish bank» xabarida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter