Bakalavriat bo‘yicha 3 yillik ta’lim dasturlari asosida kadrlar tayyorlanadi
Prezidentning joriy yil 2-fevraldagi PQ-54-son qaroriga muvofiq, «Ta’lim sohasidagi loyihalar markazi» loyiha ofisi tashkil etilmoqda.
Loyiha ofisi 2024-yilda, jumladan:
- pedagog kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini tahlil qilish;
- professional ta’limdan so‘ng oliy ta’limni davom ettirish imkoniyatlarini yanada kengaytirish, 3 yillik ta’lim dasturlari asosida amaliy bakalavriat bo‘yicha kadrlar tayyorlashni yo‘lga qo‘yish;
- ta’lim sohasida xususiy sektor ulushini yanada oshirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish ishlarini amalga oshiradi.
Shuningdek, 2024-yil 1-sentyabrgacha o‘quvchilar (talabalar)ning egallagan bilimini va pedagoglarning malakalarini baholash tizimi xalqaro tajribalar asosida takomillashtiriladi.
2024–2025 yillarda:
- Professional ta’lim yo‘nalishlari, mutaxassisliklari va kasblari klassifikatori – Xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilar kasblari klassifikatoriga, ta’lim dasturlari esa – yangilangan kasbiy standartlar va malaka talablariga moslashtiriladi;
- kamida 14 ta professional ta’lim muassasalarining faoliyatiga tajriba-sinov tariqasida xalqaro ta’lim dasturlari, kamida 10 ta oliy ta’lim muassasasi faoliyatiga – zamonaviy boshqaruv usullari va ta’lim sifatining yuqori standartlari joriy qilinadi;
- pedagogika, qishloq va suv xo‘jaligi, texnika, axborot texnologiyalari hamda iqtisodiyot sohasiga oid ta’lim yo‘nalishlarining xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazilishi ta’minlanadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter