Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bahodir Jalolovning keyingi raqibi kim bo‘lishi aytildi

Bahodir Jalolovning keyingi raqibi kim bo‘lishi aytildi

Olimpiada chempioni, superog‘ir vazn toifasi vakili Bahodir Jalolov (14-0, 14 KO) o‘zining navbatdagi jangini 17 fevral kuni Ar-Riyodda Tayson Fyuri va Aleksandr Usik shousi doirasida o‘tkazishi xabar qilingandi.

Insayder Den Rafaelning so‘zlariga ko‘ra, Jalolovning ushbu kechadagi raqibi chernogoriyalik Dilan Prashovich (17-3, 14 KO) bo‘ladi, u avval birinchi og‘ir vazn toifasida ishtirok etgan va hatto britaniyalik Lourens Okoli bilan WBO kamari uchun kurashgan.

Dilan faoliyatida 17 bor g‘alaba qozongan, uchta mag‘lubiyatining barchasi nokaut bilan yakunlangan.

Xorijlik mutaxassislar Bahodirga ehtiyotkorlik bilan raqib tanlanayotganini aytishmoqda. Qayd etilishicha, hozirda uning asosiy maqsadi 2024 yilgi Parij olimpiadasi g‘olibligiga qaratilgan.

Eslatib o‘tamiz, Bahodir Jalolov (13-0-0) o‘zining so‘nggi jangida JAR vakili Kris Tompsonga (12-5-1) qarshi ringga ko‘tarilib, birinchi raunddayoq raqibini ringga qulatgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring