Ayollar uchun BAAda ish taklif qilindi
Joriy yilning 14-18-iyun kunlari Birlashgan Arab Amirliklarining «TadBeer – Alreaya Typing Service» kompaniyasi vakillari tomonidan ushbu davlatda uy xizmatchisi, enaga va oshpazlik sohalarida ishlash uchun fuqarolarni tanlov asosida suhbatdan o‘tkazishi rejalashtirilgan, deb xabar bermoqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi.
Fuqarolardan quyidagilar talab etiladi:
- 25-48 yosh oralig‘ida bo‘lishi;
- Uyni toza tutish, uy tozalash jihozlari bilan ishlay olish, bolalar va yoshi katta insonlar bilan kirishimli bo‘lishi;
- Arab va ingliz tillarini bilishi (majburiy emas);
- Barcha xarajatlar, xususan aviachipta, turar joy, 3 mahal ovqatlanish, transport xarajatlari ish beruvchi tomonidan qoplanadi.
Oylik ish haqi 400 AQSh dollari miqdorida.
Birlashgan Arab Amirliklarida ishlash istagida bo‘lgan fuqarolardan mazkur tanlovda xorijga chiqish biometrik pasporti (qizil pasport) bilan ishtirok etishlari so‘raladi.
Tanlov ish beruvchining talabi asosida barcha viloyat fuqarolari uchun Agentlikning viloyatlardagi filiallarida o‘tkaziladi.
Murojaat uchun: 71 202-33-55 (ichki raqamlar 40, 77, 88), 71 200-00-61 yoki 1282.
Tanlovda ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tish.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter