Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

BAA rezidenti maqomini olgan xorijiy fuqarolarga ham vizasiz rejim qo‘llaniladi

BAA rezidenti maqomini olgan xorijiy fuqarolarga ham vizasiz rejim qo‘llaniladi

Xorijiy fuqarolarning va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning O‘zbekistonga kelishlari, ketishlari, bu yerda bo‘lishlari va tranzit o‘tishlari tartibi to‘g‘risidagi Hukumat qaroriga qo‘shimchalar kiritildi. Bu haqda «Huquqiy axborot» kanalida ma’lumot berilgan.

Kiritilgan qo‘shimchalarga ko‘ra, Birlashgan Arab Amirliklari (BAA) fuqarolari uchun O‘zbekiston hududiga kirgan kundan e’tiboran 30 kun muddatga vizasiz rejim 2020 yil 1 yanvardan boshlab BAA rezidenti maqomini olgan xorijiy davlatlar fuqarolariga nisbatan ham qo‘llaniladi.

BAA rezidenti maqomini olgan xorijiy davlatlar fuqarolari O‘zbekistonga kirishda amal qilish muddati 90 kundan kam bo‘lmagan rezidentlik vizasining asl nusxasini taqdim etadilar.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring