Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston bilan o‘yin oldidan BAA bosh murabbiyi ishdan olindi

O‘zbekiston bilan o‘yin oldidan BAA bosh murabbiyi ishdan olindi

Bugun, 26-mart kuni Birlashgan Arab Amirliklari terma jamoasi bosh murabbiyi Paolo Bentu o‘z vazifasidan ozod etildi.

Kechagi uchrashuvda Shimoliy Koreya ustidan qozonilgan g‘alabaga qaramay terma jamoa raxbariyati portugaliyalik murabbiyga iste’fo berdi. Ayni vaqtda amirliklar JCh saralash bosqichida sakkiz uchrashuvdan so‘ng 13 ochko jamg‘argan holda Eron (20) va O‘zbekistondan (17) keyin guruhda uchinchi o‘rinda bormoqda.

Ma’lumot o‘rinda, Bentu shu kunga qadar Portugaliya, Janubiy Koreya terma jamoalari va «Sporting», «Kruzeyro» va «Olimpiakos» jamoalarini boshqargan.  

Amirliklar mahalliy nashrlarining yozishicha, terma jamoa yangi bosh murabbiyi bo‘lish uchun «Sharja»ni boshqarib kelayotgan Kosmin Olariu asosiy nomzod sifatida ko‘rilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston milliy terma jamoasi joriy yil 5-iyun kuni JCh-2026 saralash bosqichi 9-tur doirasida BAAda mehmon bo‘ladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring