Ayrim turdagi mahsulotlarning aksiz solig‘i oshadi
![Ayrim turdagi mahsulotlarning aksiz solig‘i oshadi](https://static.xabaruz.com/crop/4/0/720_460_95_4008571348.jpg)
«Aksiz solig‘iga tortiladigan ayrim mahsulot turlarini ishlab chiqarish va realizatsiya qilishni tartibga solishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Prezident Farmoni imzolandi. Bu haqda Adliya vazirligining «Huquqiy axborot» kanali xabar berdi.
Farmonga ko‘ra:
-2019-yil 15-avgustdan siqilgan gazni yakuniy iste’molchiga realizatsiya qilishda aksiz solig‘i stavkasi 20 foizga;
-2019-yil 1-oktyabrdan alkogolli mahsulotning aksiz solig‘i stavkasi o‘rta hisobda 10 foizga, tamaki mahsulotining aksiz solig‘i stavkasi 20 foizga oshirildi.
Shuningdek, spirt va alkogolli mahsulot ishlab chiqarish bo‘yicha faoliyatni amalga oshirishga oid ilgari berilgan litsenziyalarning amal qilish muddati 2020-yilning 1-yanvariga qadar uzaytirildi.
Hujjat haqidagi to‘liq ma’lumot bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter