Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ayrim toifadagi shaxslarga o‘qituvchilik qilish man etiladi

Ayrim toifadagi shaxslarga o‘qituvchilik qilish man etiladi

Foto: Xabar.uz

«Pedagogning maqomi to‘g‘risida»gi Qonun (O‘RQ–901-son, 01.02.2024 y.) Prezident tomonidan imzolangani haqida xabar berilgandi.

Qonunga ko‘ra, quyidagi shaxslarning pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanishiga yo‘l qo‘yilmaydi:

- qonuniy kuchga kirgan sud hukmiga muvofiq pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish huquqidan mahrum etilgan shaxslar;

- qonunchilikda belgilangan tartibda sud tomonidan muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan shaxslar;

- pedagogik faoliyatni amalga oshirishga to‘sqinlik qiladigan kasalliklari bo‘lgan shaxslar;

- psixiatriya yoki narkologiya muassasalarida hisobda turgan shaxslar.

Qasddan sodir etilgan jinoyat uchun ilgari sudlangan shaxslarni pedagogik faoliyat bilan bog‘liq lavozimlarga qabul qilish man etiladi.

Pedagogning huquqlari, sha’ni, qadr-qimmati va ishchanlik obro‘si davlat himoyasi ostida bo‘ladi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring