Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ayrim tadbirkorlarga soliq ma’murchiligida yengilliklar beriladi

Ayrim tadbirkorlarga soliq ma’murchiligida yengilliklar beriladi

Joriy yil 18-aprel kuni qabul qilingan Prezidentning PF-67-son farmoni bilan 2025-yil 1-oktyabrdan O‘zbekiston hududiga olib kiriladigan xushbo‘ylashtiruvchi yoki rang beruvchi qo‘shimchalarsiz oq shakarga nisbatan aksiz solig‘i bekor qilinadi.

20 va undan ortiq ishchisi mavjud bo‘lgan yuridik shaxslarga mol-mulk va yer soliqlari hamda ijara to‘lovlari bo‘yicha hisoblangan soliq summalarini 2025-yil 15-iyulda va 1-dekabrda bo‘lib-bo‘lib to‘lanishiga ruxsat beriladi.

Shuningdek, umumiy ovqatlanish xizmatlarini ko‘rsatuvchi tadbirkorlarga to‘langan QQSning bir qismini qaytarishda ushbu faoliyatdan olingan daromad tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan jami daromadning kamida 80 foizini tashkil etishi zarurligi belgilandi.

Bundan tashqari, sanoat korxonalarining avtomatik monitoring stansiyasi, chang-gaz tozalash uskunasi, lokal suv tozalash inshooti va statsionar kuzatuv posti bilan jihozlash majburiyati muddati quyidagicha uzaytirildi:

  • I toifadagi korxonalar uchun – 2026-yil 1-yanvargacha;
  • II toifadagi korxonalar uchun – 2026-yil 1-iyulgacha.
Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring