Ayrim davlatlar elchixonalarida transport masalalari bo‘yicha maslahatchi lavozimi joriy etiladi
O‘zbekistonning Xitoy, Qozog‘iston, Ozarbayjon, Eron va Latviya elchixonalarida transport masalalari bo‘yicha maslahatchi lavozimi joriy etiladi.
Prezidentning joriy yil 14-iyun kuni imzolangan “Ma’muriy islohotlar doirasida transport sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonga ko‘ra, yuqoridagi tartibni ifodalovchi hujjat loyihasi 2 oy muddatda Tashqi ishlar vazirligi va Transport vazirligi tomonidan ishlab chiqiladi.
Farmonga ko‘ra, shuningdek, Transport vazirligi huzurida quyidagilar tashkil etilishi belgilangan:
- Transport nazorati inspeksiyasi;
- Transport sohasi kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti;
- O‘zbekiston tranzit salohiyatini rivojlantirish idoralararo kengashi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter