Ayollarni zo‘ravonlikdan himoya qiluvchi mobil ilova ishga tushdi
Ayollarni zo‘ravonlikdan himoya qilish uchun «Najot» mobil ilovasi ishga tushirildi.
Bu haqda Oliy Majlisi Senati axborot xizmati habar bermoqda.
Har yili 15 yoshdan 49 yoshgacha bo‘lgan har beshinchi ayol va qiz zo‘ravonlik haqida xabar beradi. Yangi ma’lumotlar pandemiya boshlanganidan keyin ayollar va qizlarga nisbatan zo‘ravonlik tahdidi kuchayganligini ko‘rsatmoqda. Karantin cheklovlari tufayli ko‘plab zo‘ravonlik qurbonlari o‘z vaqtida yetarli darajada yordam olmagan bo‘lishi mumkin. O‘zbekistonda 2020 yil yanvar-sentyabr oylarida zo‘ravonlikdan jabrlangan shaxslarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish markazlariga 14 849 ta murojaat kelib tushdi.
Ilovaning bosh sahifasida favqulodda vaziyat uchun mo‘ljallangan «Yordam tugmasi» mavjud. Agar foydalanuvchi oiladagi zo‘ravonlik qurboniga aylangan bo‘lsa, ushbu tugmani bosib, 3 soniyadan ko‘proq ushlab turish kerak. «Najot” ilovasi qurbonning oilasiga yordam so‘rab xabar jo‘natadi va uning manziliga havola yuboradi.
«Yordam» tugmachasini ishlatish uchun «Yordam uchun kontaktlar» bo‘limiga foydalanuvchi yaqinlarining kontaktlarini va yordam haqidagi xabarni qo‘shishi kerak. Ilovada yordam uchun xabarga javob bera oladigan 5 tagacha yaqin kishilarning kontaktlarini qo‘shish mumkin. Ushbu odamlarni ilova to‘g‘risida oldindan ogohlantirish tavsiya etiladi.
Shuningdek, foydalanuvchi, agar kerak bo‘lsa, «Eng yaqin yordam markaziga xabar berish» parametrini tanlashi mumkin. Shunda foydalanuvchi uchun xavf to‘g‘risida xabar eng yaqin reabilitatsiya markaziga yuboriladi.
Qolaversa, ilovada «Yordam markazlari» bo‘limi mavjud bo‘lib, u yerda oilaviy muammolar, oiladagi zo‘ravonlik va favqulodda vaziyatlarda yordam uchun murojaat qilish mumkin bo‘lgan joylar haqida ma’lumot olish mumkin. Ushbu markazlarda, agar kerak bo‘lsa, psixolog, shifokor yoki huquqshunos maslahatlarini olish va himoyalangan turar joy so‘rash mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter