Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ayollar oyoq kiyimini o‘g‘irlashda gumonlanuvchi shaxs qo‘lga olindi

Ayollar oyoq kiyimini o‘g‘irlashda gumonlanuvchi shaxs qo‘lga olindi

Foto: IIBB

Chilonzor tumani ichki ishlar organlariga 39 yoshli Zafar X. murojaat qilib, «Do‘stlik» bozori yaqinida joylashgan omborxonadan mol o‘g‘irlanganligini ma’lum qildi.

Toshkent shahar IIBB xabariga ko‘ra, mazkur fakt asosida O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169 moddasi («O‘g‘rilik») bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.

Tergov tadbirlari davomida 9-yanvar kunidan 15-yanvarga qadar noma’lum shaxs kalit tanlash yo‘li bilan omborxonaga kirib, jami 40.590.000 so‘mlik 312 juf ayollar oyoq kiyimini o‘g‘irlab ketganligi ma’lum bo‘ldi.

Ko‘rilgan choralar natijasida gumonlanuvchi aniqlanib, «Do‘stlik» bozori ishchisi 27 yoshli Latif B. qo‘lga olindi. Tergov davom etmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring