Ayol rahbarlar qaysi hududlarda ko‘proq ekani aytildi
2022-yilning 1-yanvar holatiga O‘zbekiston Respublikasida ayol rahbarlar boshqaruvidagi kichik korxona va mikrofirmalar soni 36 472 tani tashkil etgan.
Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumot berdi.
Ayol rahbarlar boshqaruvidagi kichik korxona va mikrofirmalar soni o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 177 taga oshgan.
Ayol rahbarlar boshqaruvidagi faoliyat yuritayotgan kichik korxona va mikrofirmalar soni eng ko‘p bo‘lgan hududlar:
— Toshkent shahrida – 9 764 ta
— Toshkent viloyatida – 4 760 ta
— Navoiy viloyatida – 3 866 ta
— Samarqand viloyatida – 2 475 ta
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter