Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ayiq bolasini kim o‘ldirdi? Dehqonoboddagi holat bo‘yicha ma’lumot berildi

Ayiq bolasini kim o‘ldirdi? Dehqonoboddagi holat bo‘yicha ma’lumot berildi

Foto: Ekologiya qo‘mitasi

Davlat ekologiya qo‘mitasi inspektorlari va  tuman IIB xodimlari bilan birgalikda olib borilgan tezkor qidiruv natijasida gumondor shaxs Dehqonobod tumani, «Oqqishloq» MFY,  Qizilsoy qishlog‘ida yashovchi fuqaro K.Sh. ekanligi ma’lum bo‘lib, uning xonadoni tekshirilganida bir dona ayiq bolasining terisi topilgan.

Fuqaro esa ayiq bolasini o‘lik holda topganligini iddao qilmoqda.

Bu holatga aniqlik kiritish maqsadida ayiq bolasi terisi ekspertizadan o‘tkaziladi.

Gumondor shaxsdan tushuntirish xati olinib, tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgan. Hozirda tuzilgan ishchi guruh tomonidan surishtiruv ishlari davom ettirilmoqda.

«Holat yuzasidan qo‘shimcha ma’lumotlar taqdim etiladi», deyiladi Davlat ekologiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabarida.

Avvalroq, Dehqonobodda noyob turdagi ayiq va bolalari borligi aniqlangani xabar qilingandi. Oradan ko‘p vaqt o‘tmay, ushbu hududda o‘lik holatdagi ayiq bolasining videosi tarqaldi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring