Axlat xaltada qoldirilgan pullar
Avstriya fuqarosi pulga liq to‘la axlat xaltani politsiyaga topshirdi. Keyinchalik ma’lum bo‘lishicha, xaltada 16 ming yevro bo‘lgan, deb yozadi Avstriyaning «Kronen Zeitung» nashri.
Xabarlarga ko‘ra, axlat xaltani Yuqori Avstriya federal yeri Fyoklabruk okrugida istiqomat qiluvchi 26 yoshli ayol topib olgan. Xalta qoldirilgan joyning yonidan o‘tib ketayotganda ayol kimdir axlatni joyiga tashlamabdi, deb yoniga borgan. Lekin yaxshilab qarasa, ichi qog‘oz pul va tangalarga liq to‘la ekan.
Shundan so‘ng u darhol politsiya mahkamasiga borib, topilma haqida xabar bergan. Aniqlanishicha, pul 28 yoshli yigitga tegishli ekan. U qo‘lidagi xaltani bexosdan yo‘l chetida qoldirib ketgan. Puli yo‘qolganini bilgan zahoti politsiyaga murojaat qilgan. Pul egasiga qaytarildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter