Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Avval qancha edi, endi qancha to‘laymiz? 2019-yil 1-yanvardan soliqlar miqdori o‘zgardi

Avval qancha edi, endi qancha to‘laymiz? 2019-yil 1-yanvardan soliqlar miqdori o‘zgardi

Foto: «Xabar.uz»

Soliq va budjet siyosatining 2019-yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi Qonun Prezident tomonidan imzolandi. Bu haqda Adliya vazirligining «Huquqiy axborot» kanali xabar berdi.

Qonun bilan bir qator qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi.

Xususan, Soliq kodeksiga kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchalarga muvofiq, 2019-yil 1-yanvardan:

  • jismoniy shaxsning daromadlariga 12 foizli stavka bo‘yicha soliq solinadi.
  • yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i stavkalari quyidagi miqdorlarda belgilanadi:
  • yuridik shaxslar – 12 foiz;
  • tijorat banklari – 20 foiz;
  • sement (klinker) ishlab chiqaruvchi yuridik shaxslar – 20 foiz;
  • polietilen granulalar ishlab chiqaruvchi yuridik shaxslar – 20 foiz;
  • mobil aloqa xizmatlari ko‘rsatuvchi yuridik shaxslar – 20 foiz;
  • dividendlar va foizlar tarzida to‘lanadigan daromadlarga 5 foizli stavka bo‘yicha soliq solinadi.

Eslatib o‘tamiz, ilgarigi tartib bo‘yicha jismoniy shaxslarning daromadiga quyidagicha soliq solingan:

  • daromadning eng kam oylik ish haqining bir baravarigacha bo‘lgan qismiga – 0 foiz;
  • daromadning eng kam oylik ish haqining bir baravaridan besh baravarigacha qismiga – 7,5 foiz;
  • eng kam oylik ish haqining besh baravaridan o‘n baravarigacha qismiga – 16,5 foiz;
  • daromadning eng kam oylik ish haqining o‘n baravari va undan ko‘p qismiga – 22,5 foiz.
Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring