Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Avtomobilga benzin quyish, gaz to‘ldirish va gaz quyish stansiyalarini qurish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatiladi

Avtomobilga benzin quyish, gaz to‘ldirish va gaz quyish stansiyalarini qurish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatiladi

Foto: «Xabar.uz»

Hukumat qarori (111-son, 01.03.2021-y.) bilan Avtomobil yo‘llarini, yo‘l inshootlarini, temir yo‘l yo‘l kesishmalarini, avtomobil yo‘llari va ko‘chalar bo‘yida joylashgan AYoQS, AGTKS va AGQS (avtomobilga benzin quyish, gaz to‘ldirish va gaz quyish) stansiyalarini qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash loyihalarini kelishish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti tasdiqlandi.

Reglamentga ko‘ra, tadbirkorlarga mazkur xizmatlar Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali Ichki ishlar vazirligi Davlat yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi yoki uning hududiy boshqarmalari (vakolatli organ) tomonidan ko‘rsatiladi.

Buning uchun so‘rovnoma to‘ldiriladi.

Shu asosda vakolatli organ 5 ish kunida loyihalarning tegishli talablarga mosligini o‘rganib chiqadi.

Loyihalarni kelishish vakolatli organning elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi.

Kelishilgan loyihalar 1 kun muddatda ariza beruvchilarga elektron shaklda yuboriladi.

Davlat xizmatlari ko‘rsatilishi uchun BHMning 30 foizi (73 500 so‘m) miqdorida, YaIDXP orqali murojaat etilganda esa ushbu summaning 90 foizi (66 150 so‘m) miqdorida yig‘im undiriladi. 

Vakolatli organ belgilangan muddatlarda loyihalarni kelishish yuzasidan xulosa taqdim qilmagan taqdirda, loyiha Davlat xizmatlari markazlari (YaIDXP) tomonidan avtomatik ravishda kelishilgan deb hisoblanadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring