Jizzaxda «zapravka» ma’muriyati jazoga tortildi
Jizzax viloyati Mirzacho‘l tumanidagi avtomobillarga gaz tarqatish kompressor shoxobchasiga (AGTKSh) muvofiqlik sertifikatisiz mahsulot uchun jarima qo‘llanildi. Bu haqda Texnik jihatdan tartibga solish agentligi nazorat inspeksiyasi xabar berdi.
Jizzax viloyati nazorat inspeksiyasi tomonidan «X.B.I» MChJ da o‘tkazilgan tekshirishda avtomobillarga gaz tarqatish kompressor shaxobchasi tomonidan muvofiqlik sertifikatisiz ichki yonuv dvigatellari uchun siqilgan tabiiy gaz mahsuloti realizatsiya qilish holatlari aniqlandi.
Aniqlangan kamchiliklar yuzasidan qonunchilikga muvofiq jamiyatga 41 mln so‘m miqdorda moliyaviy jarima rasmiylashtirildi.
Muvofiqlik sertifikatsiz ichki yonuv dvigatellari uchun siqilgan tabiiy gaz mahsuloti realizatsiya qilinishini taqiqlash va mahsulotni sertifikatlashtirish yuzasidan yozma ko‘rsatma berildi, deyiladi xabarda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter