Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Avtomobil g‘ildiraklari ostida halok bo‘lgan birinchi piyoda

Avtomobil g‘ildiraklari ostida halok bo‘lgan birinchi piyoda

Foto: «Wikipedia»

1896-yilning 17-avgustida Londonda Artur Edsell boshqaruvidagi avtomobil ikki bolaning onasi, 44 yoshli Brijit Driskollni urib yuboradi.

Avtotransport vositasi piyodani urib yuborishi o‘lim bilan tugagan ilk hodisa shu edi.

Guvohlar avtomobil «katta» tezlikda kelganini ko‘rishgan — soatiga 8 mil (13 km/soatga yaqinroq)... Haydovchi Edsell o‘z sayrga olib chiqqan yonidagi xonim bilan suhbatga berilib, hushyorlikni yo‘qotgan. Driskoll xonim ham ogohlantiruvchi belgilarga qaramay, ko‘chani kesib o‘tayotgan bo‘lgan, ustiga bostirib kelayotgan «otsiz izvosh»dan qo‘lidagi soyabon bilan himoyalanishga uringan...

Tarixdagi birinchi o‘lim bilan tugagan YTH sud majlisi olti soat davom etgan. Driskoll xonimni «tasodif qurboni» deb topishdi, Edsellga jinoyat ishi ochib ham o‘tirishmadi.  

O‘sha sudda koroner (tergovchi) aytgan so‘zlar hamon oltinga teng: «Bunaqasi boshqa hech qachon takrorlanmasin».

Afsuski, statistikaga ko‘ra, har yili dunyoda o‘rtacha 1,35 mln yoki har 24 soniyada bir odam yo‘l-transport hodisasi qurboni bo‘lmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring