Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Avtobus yo‘laklarini band qilgan haydovchilar ayovsiz jarima qilinmoqda

Avtobus yo‘laklarini band qilgan haydovchilar ayovsiz jarima qilinmoqda

Toshkent shahridagi tirbandlik yuqori bo‘lgan ko‘chalar, avtobuslar harakati uchun ajratilgan maxsus A yo‘laklarga to‘xtash va to‘xtab turish qoidabuzarliklarini aniqlovchi intellektual videokuzatuv kameralaridan 30 tasi ob’yektlarda o‘rnatildi.

Hozirda mazkur 30 ta intellektual videokuzatuv kameralarining Amir Temur va Alisher Navoiy ko‘chalariga o‘rnatilganlaridan 5 tasi to‘liq ishga tushirilgan.

2023 yil 24 dekabr kuni mazkur ko‘chalarda to‘xtash va to‘xtab turish qoidalarini buzgan 175 ta transport vositalari haydovchilariga nisbatan, belgilangan tartibda MJtKning 128/6-moddasiga asosan, BHMning ikki barobari — 680.000 so‘m miqdorida jarima belgilandi.

«Haydovchilardan yo‘llarda yo‘l harakati qoidalariga amal qilishlarini va avtobuslar uchun ajratilgan maxsus yo‘laklarda qoidaga asosan harakatlanishlarini so‘rab qolamiz», deyiladi xabarda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring