Avstraliya politsiyasi kuchuklarni yeb qo‘ygan timsohni «qamoq»qa oldi
Avstraliyada politsiya tomonidan 600 kilogrammli timsoh qo‘lga olindi. Bu haqida 9 News portali xabar berib o‘tgan.
Timsoh bir yil davoamida Baterst oroli aholisini tahlikada ushlab turgan. Bu vaqt ichida u 12 kuchukni yeb qo‘ygan va hatto bir marta baliqchiga hujum qilgan. Nihoyat politsiya timsohni ushlashga muvaffaq bo‘ldi va bo‘limdagi qamoq kameralaridan biriga joylashtirdi.
— Bu timsoh odamlarni ovlashga harakat qilgan va ta’qib qilgan. U oroldagi barcha itlarni yeb qo‘ydi. Bu yerda ko‘p bolalar o‘ynab yuradi, cho‘milishadi. Timsoh ulardan birortasini yeb qo‘yishi shunchaki vaqt masalasi edi, holos — deydi mahalliy aholi vakillaridan biri.
«Jinoyatchi» politsiya bo‘linmasida biroz vaqt saqlangan va keyinchalik timsohlar fermasiga o‘tkazildi. Bu yerda 120 gektar hududda timsohlar saqlanadi. Ferma xo‘jayinining ma’lum qilishicha, «itxo‘r» timsoh yana o‘rtacha 50 yil yashashi mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter