Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Asakalik yoshlarga daromadli kasb o‘rgatiladi

Asakalik yoshlarga daromadli kasb o‘rgatiladi

Foto: AKT vazirligi

Andijon viloyati Asaka tumanida Raqamli texnologiyalar o‘quv markazi ochildi. Bu haqda AKT vazirligi axborot xizmati xabar bermoqda.

Markaz ochilishida O‘zbekiston Respublikasi Axborot Texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziriligi Andijon viloyati xududiy boshqarmasi boshlig‘i Ziyodulla Samatov va Asaka tumani hokimi Mansurbek Alixanov qatnashdi.

Markazga tashrif buyurgan mehmonlar mashg‘ulotlar o‘tkaziladigan o‘quv xonalarida yaratilgan sharoitlar bilan tanishishdi. Yoshlarni dasturlash, veb-dizayn, kibersport singari yo‘nalishlar bo‘yicha o‘qitishga ixtisoslashgan markazda dasturlash bo‘yicha o‘quv qo‘llanmalari ham tashkil etilgan.

Ushbu markazda yoshlarni dasturlashga o‘rgatish, ularga ushbu yo‘nalishda zamonaviy bilimlar berish, hayotda o‘z o‘rinlarini topishiga ko‘maklashish, shu orqali daromadli bo‘lishlarini ta’minlash ko‘zda tutilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring